ORTGA Sizning natijangiz 0%

Musiqa va san’at maktablarida o‘qishni istasangiz…

10:00 - 16.04.2025
188

Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga ko‘ra, ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan musiqa (fortepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) va san’at (xoreografiya, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at) yo‘nalishlarida faoliyatini amalga oshiradi.

Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchilarga ta’lim berish yakka tartibda yoki bir xil yoshdagi va turli yoshdagi bolalar guruhlarida ularning qiziqishlariga ko‘ra bir yoxud bir necha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Bolalar musiqa va san’at maktabi rahbariyati har yili iyunь — avgust oylarida o‘qishga qabul qilish ishlarini tashkil etadi.

O‘quvchilar bolalar musiqa va san’at maktabiga Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadigan qabul kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinadi.

Qabul kvotalari bolalar musiqa va san’at maktabining quvvati, moddiy-texnika bazasi, kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda shakllantiriladi.

Bolalar musiqa va san’at maktabiga o‘qishga kirish uchun o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar har yili 1-avgust — 25-avgust mobaynida qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ta’lim yo‘nalishi (yo‘nalishlari) ko‘rsatilgan ariza;

o‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

o‘quvchiga belgilangan shaklda berilgan tibbiy ma’lumotnoma;

3 x 4 o‘lchamli 2 ta fotosurat.

Imtihonlar har yili 31-avgustgacha o‘quvchining ijodiy qobiliyatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Imtihonlar qabul komissiyasi huzurida o‘tkaziladi. Imtihonlar bir marta topshiriladi, qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Imtihonlar ijodiy qobiliyatni aniqlash va maxsus fanlar bo‘yicha qabul sinoviga bo‘linadi.

Chat