Xususiy bog’cha uchun to’langan to’lovlardan daromad solig’ini qaytarib olish mumkinligini bilarmidingiz
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 378-moddasida ota-ona tomonidan nodavlat ta’lim muassasasida tahsil olayotgan har bir farzandi uchun to’langan 3 million so’mgacha bo’lgan to’lovlarga daromad solig’i solinmasligi belgilangan.
Mazkur imtiyozdan foydalanish tartibi qanday?
Agar siz biror tashkilot yoki muassasada mehnat faoliyatini olib borayotgan bo’lsangiz, ish joyingiz orqali to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Bunda siz buxgalteriya bo’limiga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza hamda to‘lov-shartnomani taqdim etishingiz lozim. Mazkur holatda tegihli mablag’lar muassasaga daromad solig’i ushlab qolinmasdan o’tkazib beriladi.
Agar siz mehnat shartnomasi asosida faoliyat olib bormasangiz hamda to’lovlarni ish haqidan emas, mustaqil ravishda o’zingiz amalga oshirgan bo’lsangiz to’lovlarni qaytarib olish uchun my.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo’yicha daromadlar to’g’risidagi deklaratsiyani taqim etishingiz va unga shartnoma hamda to’lov qog’ozlarini ilova qilishingiz kerak. Deklaratsiya yuborilgandan so'ng my.soliq.uz sayti orqali to‘langan soliq summasini qaytarish uchun ariza topshirish lozim.