Agar bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir bo‘lsa, himoya orderi beriladi. Bu orderni ichki ishlar organlari beradi va bola yoki uning ota-onasi, qonuniy vakili bilan topshiriladi.
Himoya orderi zo‘ravonlik xavfi aniqlanganda, 24 soat ichida rasmiylashtiriladi va 30 kun davomida amal qiladi. Bu vaqt ichida bola xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus choralar ko‘riladi.
Ya’ni, himoya orderi bolani zo‘ravonlikdan saqlaydi va uni xavfsiz qilishga yordam beradi.
Himoya orderi bolani zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun berilganda, unda quyidagi cheklovlar bo‘lishi mumkin:
· Zo‘ravonlik qilgan odam bolaga yomon muomala qilishga ruxsatsiz bo‘ladi.
· U odam bola bilan aloqa qilish, gaplashish yoki uchrashish huquqini ololmaydi.
· Zo‘ravonlik qilgan odam bola bilan birga xonada yashash yoki transportda birga bo‘lish mumkin emas.
· Bolaga yetkazilgan zararni to‘lash yoki uni davolatish, maslahat olish va yordam markaziga joylashtirish xarajatlarini zo‘ravonlik qilgan shaxs to‘laydi.
· Agar u odamda qurol bo‘lsa, himoya orderi davomida uni saqlash, olib yurish va sotib olish huquqi cheklanadi.
Ya’ni, himoya orderi bolani xavfsiz qilish uchun qonun tomonidan berilgan maxsus qoidalardir.
Agar yomonlik yoki zo‘ravonlik qilish xavfi hali ham bo‘lsa, jabrlangan odam yoki uning vakili ichki ishlar organiga murojaat qilishi mumkin. Shunda mas’ul xodimlar hujjatlarni tayyorlab, sudga yuborishadi. Sud qaror qilsa, himoya orderining muddati 1-yilgacha uzaytirilishi mumkin.