Bola — har qanday davlat va jamiyatning kelajagi, millatning maʼnaviy va ruhiy boyligidir. Bolaning sogʻlom va maʼnaviy yetuk inson boʻlib kamol topishi uchun eng qulay muhit — bu oila muhitidir. Ammo hayotda shunday vaziyatlar boʻladiki, turli sabablarga koʻra bolalar ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻladi. Davlat esa bunday bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni mehr va gʻamxoʻrlik muhitida tarbiyalanishini taʼminlash uchun turli huquqiy institutlarni joriy etgan.
Shulardan biri — bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) tizimi boʻlib, u bolaga yaqin muhit yaratish, uning shaxsiy rivojlanishi, taʼlim olishi va jamiyatga moslashishini taʼminlashga qaratilgan.