O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-sonli Qarorining 4-bandiga ko‘ra, maktab o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi.
Maktab o‘qituvchilariga to‘lanadigan qo‘shimcha haq miqdorlari
Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun beriladigan qo‘shimcha haq miqdorlari quyidagicha:
15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz;
16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz;
21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz;
26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz;
31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz;
Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) ajratilgan dars soatlariga mutanosib ravishda sinfdagi (sinf – komplektdagi) oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda – 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq boʻlganda – 17,6 foiz miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizini tashkil etadi.
Laboratoriya xonasi mavjud boʻlganda, fizika yoki kimyo fani oʻqituvchilaridan biriga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Bunda oʻqituvchilar yozgi yillik mehnat taʼtilidan qaytgandan keyin ularga yangi oʻquv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi.