ORTGA
Sizning natijangiz 0%

“JANUB GAVHARI”

Oromgoh

Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, Malandiyon MFY Xaritadan ko'rish

Telefon raqami
+998 774430300
Ish vaqti
Du–Sha 07:30 – 18:00

Ma'lumotlar

“JANUB GAVHARI” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi 7–14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Termiz shahridan 180 km uzoqlikda va Uzun tumanidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik daraxtlar hamda nafas yo‘llari uchun toza kislorod ajratib chiqaruvchi archalarga boy 2,8 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.

Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 25 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya va qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, shaxmat-shashka, badminton va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Dam oluvchilarning ixtiyorida konsert va spektakllar uchun joylar, o‘yin hamda sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish maskanlari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

Muloqot tili: Rus / O‘zbek
Yosh chegarasi: 7–14 yosh
Smenadagi bolalar soni: 200 nafar
Oromgoh ijtimoiy tarmoqlari: @Janub_Gavhari_B

O'xshash muassasalar

"HUMO"

Oromgoh

Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani, Amirqum MFY Xaritadan ko'rish

Telefon raqami
+998 774430300
Ish vaqti
Du–Ju 09:00 – 18:00

"NIHOL"

Oromgoh

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Navobod MFY, Yusufxona ko‘chasi, 337-uy Xaritadan ko'rish

Telefon raqami
+998 774430300
Ish vaqti
Du–Sha 08:00 – 18:00

"ZOMIN SUNRISE" bolalar sog'lomlashtirish oromgohi

Oromgoh

Jizzax viloyati, Zomin tumani, Duoba MFY Xaritadan ko'rish

Telefon raqami
+998951447733
Ish vaqti
24/7

"Yosh aloqachi" oromgohi

Oromgoh

Buxoro viloyati, Sitorai Moxi Xosa Xaritadan ko'rish

Telefon raqami
+998904134646
Ish vaqti
Du-J, 09:00-18:00