ORTGA Sizning natijangiz 0%

Nogironligi bo‘lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy himoyaga bo‘lgan huquqi

17:10 - 29.08.2024
517

Nogiron bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lib, bu profilaktika, davolash-tashxis qo‘yish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishni va boshqa yordam turlarini o‘z ichiga oladi.

Nogironligi bo‘lgan bolalar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish va o‘z uylarida parvarish qilinish huquqiga ega.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati qonunchilik bilan belgilanadi.

 

  •  
  •  
  •  
  •  

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, homiylik va boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan, shuningdek ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarning mablag‘lari hisobidan ijtimoiy muhofaza tizimi muassasalarida saqlanishlari mumkin.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam mahalliy davlat hokimiyati organlari, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi organlari, boshqa davlat organlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xulosalari asosida ko‘rsatiladi.

Nogironligi bo‘lgan, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qobiliyatini qisman yoki to‘liq yo‘qotgan va o‘zgalarning doimiy parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ularning uyida hamda vakolatli davlat organlarining ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu muassasalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bir qatorda hayot faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar ta’minlanadi, tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, shuningdek mehnat faoliyati va dam olish tashkil etiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar belgilash huquqiga ega.

 

Chat