ORTGA
Sizning natijangiz 0%

Voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik materiallarni tarqatish maqsadida saqlash uchun alohida ma’muriy javobgarlik joriy etildi

12.05.2026, 10:53
23

“Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Unga ko'ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksiga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bu nimani anglatadi?

1. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
Endilikda voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik materiallarni tarqatish maqsadida saqlash uchun alohida ma’muriy javobgarlik joriy etildi.
Jarima miqdori:
- BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha
(8,2 mln so‘mdan 41,2 mln so‘mgacha)
Ya’ni, endi bunday materiallarni faqat tarqatish emas, balki tarqatish maqsadida saqlashning o‘zi ham qonunbuzarlik hisoblanadi.

2. Jinoyat kodeksi
Qonun bilan bolalarga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik yanada kuchaytirildi:
Internet orqali bolalarga uyatsiz-buzuq harakatlar uchun javobgarlik kuchaydi
16 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan uyatsiz harakatlar endi og‘irroq baholanadi.
Takror sodir etish — jinoyat
Agar shaxs avval ma’muriy jazoga tortilib, yana shu harakatni sodir etsa:
Jazolar:
- BHMning 100 baravaridan 600 baravarigacha jarima
- yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari
- yoki 1–3 yil ozodlikni cheklash
- yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
 Eng og‘ir holatlar uchun qat’iy jazo
Tarqatish, tayyorlash, olib kirish yoki voyaga yetmaganlarni jalb qilish holatlarida:
Jazo:
- 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
Ya’ni, endi bolalarga qarshi jinoyatlar uchun jazo muqarrar va qat’iy.

3. Jinoyat-protsessual kodeksi
Bolalarni himoya qilish
nafaqat jinoyatga nisbatan, balki jarayonning o‘zida ham kuchaytirildi:
Qonuniy vakil ishtiroki ta’minlanadi
Voyaga yetmaganlar bilan ishlashda ularning manfaatlari himoya qilinadi.
So‘roq muddati aniq belgilanadi
- 7 yoshgacha — 30 daqiqa (kuniga 1 soatgacha)
- 7–14 yosh — 1 soat (kuniga 2 soatgacha)
- 14–18 yosh — 2 soat (kuniga 4 soatgacha)