НАЗАД Ваш результат 0%

Bolalar zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilinadi

08:59 - 25.11.2024
188

Mamlakatimizda “hech bir bola eʼtibordan chetda qolmaydi”, degan tamoyil asosida bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ularni doimo qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini himoya qilish islohotlarning asosiy maqsadlaridan biriga aylandi.

 “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni bilan  bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishga xizmat qilishi, shubhasiz.

 Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar quyidagi huquqlarga ega:

 - zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilinish;

 - o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga va tashkilotlarga yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etish;

 - tekin huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam, shu jumladan bepul telefon liniyasi tarmog‘i (ishonch telefoni) orqali taqdim etiladigan yordam olish;

 - himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga murojaat etish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa bu haqda xabardor qilish;

 - o‘ziga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik natijasida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi.

 Shuningdek, jabrlanuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.

 Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Chat