НАЗАД Ваш результат 0%

Voyaga etmaganlarning jinoyatlari bo‘yicha ish yuritish

14:43 - 30.04.2024
647

Voyaga etmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning qatnashishi shart.

Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo‘yicha voyaga etmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi so‘roq qilish paytidan boshlab yo‘l qo‘yiladi. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilganda unga Qonunda nazarda tutilgan huquqlar tushuntiriladi.

Qonuniy vakil o‘z harakati bilan voyaga etmagan shaxsning manfaatiga zarar etkazadi deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bilan voyaga etmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishdan chetlashtirilishi mumkin. Bunday holda voyaga etmagan shaxsning manfaatlarini himoya qilish boshqa qonuniy vakilga yoki vasiylik va homiylik organining vakiliga topshiriladi.

Voyaga etmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlash

  • Voyaga etmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi so‘roq qilishdan boshlab, surishtiruvchi yoki tergovchi ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘radi. Shu maqsadda voyaga etmagan shaxsga va uning qonuniy vakiliga o‘zlari xohlagan himoyachini taklif etish huquqiga ega ekanligi tushuntiriladi. Agar himoyachi voyaga etmagan shaxsning, uning qonuniy vakilining yoxud boshqa shaxslarning topshirig‘i yoki roziligi bilan chaqirilmagan bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini o‘z tashabbusi bilan ta’minlashga majbur.
Chat