НАЗАД Ваш результат 0%

O'zbekistonda 9 yoshli bola IELTS oldi

10:33 - 26.01.2026
45

Farg’ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 24-maktab o‘quvchisi Shavkatjon Ne’matjonov ingliz tili bo‘yicha B2 darajasini qo‘lga kiritdi! Tasavvur qilyapsizmi?
Hatto ko‘pchilik kattalar ham orzu qiladigan bu natijaga Shavkatjon atigi 9 yoshida erishdi!
Shavkatjon 1-sinfligidanoq ingliz tili olamiga sho‘ng‘igan. Ustozi Shahzod Rahimov ko‘magida u har kuni tinmay mehnat qildi, yangi so‘zlar o‘rgandi va mana — bugun u natijaga ham erishdi.
“Men 2026-yilda — IELTS imtihonidan eng yuqori ballarni to‘plashni reja qilganman” - deydi Shavkatjon Ne’matjonov.
Biz uning buni uddalashiga shubha qilmaymiz.

Chat