НАЗАД Ваш результат 0%

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning huquqlari

12:33 - 23.07.2025
199

Qonunchilikka ko‘ra, bolaning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan qasddan sodir etiladigan harakat bolalarga nisbatan zo‘ravonlik deb e’tirof etiladi.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllari taqiqlanadi hamda qonun bilan ta’qib qilinadi.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar  quyidagi huquqlarga ega:

  • zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilinish;
  • o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga va tashkilotlarga yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etish;
  • tekin huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam, shu jumladan bepul telefon liniyasi tarmog‘i (ishonch telefoni) orqali taqdim etiladigan yordam olish;
  • himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga murojaat etish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa bu haqda xabardor qilish;
  • o‘ziga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik natijasida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi va ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi.

Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi bola qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.

Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Chat