ORTGA Sizning natijangiz 0%

Davlat bolalar huquqlari himoyachisi

15:20 - 07.01.2025
621

Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

- bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;

- bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;

- bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash;

- bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

- bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash;

- bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish bo‘yicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash;

- bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish;

- bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tuyg‘ularini tarbiyalash;

- bolani O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma’naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;

- bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish;

- bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;

- bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;

- bola huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik qilish;

- bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish.

Chat