Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimYaponiyada bolalar huquqlari
Farzandini koyimaydigan va huquqlarini himoya qiladigan millat
#Bilasizmi
Yapon bolalarining tarbiyalanishi
Farroshi yo‘q maktablar, shaxsiy manfaatlardan jamoa manfaatlarining ustun turishi, futbol o‘yinidan so‘ng qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar maydonlarni yig‘ishtirib ketadigan muxlislar...
Yapon madaniyati – dunyo madaniyatlari orasida o‘ziga xosligi, boshqalardan yaqqol ajralib turuvchi yapon madaniyati qanday shakllanganligi ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lsa kerak. Aslida yapon madaniyatining “ildizlari” Ikudzi nomi bilan mashhur bo‘lgan, asrlar sinovidan o‘tgan ta’lim va tarbiya usuli sanaladi.
“Ikudzi” – ushbu atama yaponlarning bola tarbiyasidagi eng muhim unsurlarni ifodalovchi tushuncha bo‘lib, ana shu xususiyat uni boshqa millat vakillaridan ajratib turadi. Bu nafaqat pedagogik usullarning kombinatsiyasi, balki yangi avlodlarni o‘qitish va tarbiyalashga qaratilgan butun bir mexanizmdir.
Xo‘sh, Yaponiyada bolalar huquqlari qanday? Ularga qanday imkoniyat eshiklari ochiq?
Yaponiyada bolalar huquqlari davlat tomonidan qonuniy tarzda himoya qilinadi. Quyida Yaponiyadagi bolalar huquqlari bilan bog‘liq asosiy jihatlar keltirilgan:
Bolalarning asosiy huquqlari Yaponiya Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarda, xususan, “Bola farovonligi to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan.
Bolalar uchun 6 yoshdan 15 yoshgacha majburiy va bepul ta’lim joriy qilingan. Davlat va xususiy maktablar mavjud va ta’lim sifati yuqori hisoblanadi.
Bolalar bepul yoki subsidiyaga ega sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan ta’minlanadi.
Bolalarga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik, shu jumladan, uy ichidagi zo‘ravonlik ham qonun bilan man etilgan.
2019-yilda ota-onalarning bolani jazolashda jismoniy kuch ishlatishini taqiqlovchi qonun qabul qilingan.
Bolaning ota-onasi ajrashgan taqdirda, Yaponiya qonunchiligida yagona vasiylik tizimi mavjud – bu esa ota-onalarning biri huquqlarning to‘liq egasiga aylanadi.
Shuningdek, Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ishlashi qat’iyan man etilgan, 15 yoshdan yuqori bo‘lganlar esa faqat ma’lum sharoitlarda ishlashi mumkin.
Davlat turli to‘lovlar va yordam dasturlari orqali kam ta’minlangan oilalardagi bolalarni qo‘llab-quvvatlaydi.