Bolaning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotAxborotning mazmuni ham ijobiy, ham salbiy boʻlishi mumkin. Salbiy axborotlar, oʻz navbatida, bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga toʻsiq boʻladi. Shunga koʻra, ayrim toifadagi axborotlarni bolalar oʻrtasida tarqatishga maʼlum cheklovlar quyilgan. Bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotlarni shartli ravishda ikkita turga boʻlish mumkin.
1) bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot mahsuloti;
2) muayyan yosh toifalaridagi bolalar oʻrtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsuloti. Bolalar oʻrtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotlar toifasiga quyidagi axborotlar kiradi:bolalarni ularning hayotiga va sogʻligʻiga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, oʻz sogʻligʻiga zarar yetkazishga, oʻz joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targʻib qilishga undaydigan;
bolalarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni isteʼmol qilish, qimor oʻyinlarida, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, tilanchilik yoki gʻayriijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari bilan shugʻullanish istagini paydo qiladigan; oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targʻib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning boshqa aʼzolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;
gʻayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;
jamiyatda buzgʻunchilik gʻoyalarini targʻib etishga chaqiradigan;
uyatli soʻzlarni oʻz ichiga olgan;
pornografiya xususiyatiga ega boʻlgan axborotni oʻz ichiga olgan axborot. Muayyan yosh toifalaridagi bolalar oʻrtasida tarqatilishi cheklangan axborot mahsuloti jumlasiga:shafqatsizlik, jismoniy va ruhiy zoʻravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar tasviri yoki bayoni tarzida taqdim etiladigan;
bolalarda qoʻrquv, vahima yoki sarosima uygʻotadigan, shu jumladan kasallikni, oʻz joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani yoki falokatni va ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;
uyatli soʻzlar jumlasiga kirmaydigan haqoratli soʻzlarni oʻz ichiga olgan axborot mahsuloti kiradi. Asos:“Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktyabrdagi 848-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom |