ORTGA
INTERNETDA HAR QANDAY XABARLARNI TARQATMANG

Internetda har qanday xabarlarni tarqatmang

Internetda juda ko‘plab qiziqarli va foydali materiallar bilan bir qatorda ba’zi salbiy materiallar ham uchrab turadi. Masalan, odamlar yoki bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari, ularning terisi rangi, yashash joyi yoki irqi tufayli kamsitish holatlari, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik holatlari kabi materiallarni uchratish mumkin. Shuningdek, kimdir davlatga yoki boshqa odamlarga qarshi jinoyat sodir etish haqidagi chaqiriqlar e’lon qiladi.

Qadrli bolalar eslab qoling!

Bunday ma'lumotlarni noqonuniy hisoblanadi va ularni tarqatish taqiqlanadi.

 

Shunday xabarlarga duch kelganda, nimalarga e’tibor berish kerak deysizmi?

Quyidagi maslahatlarga amal qiling:

 bunday xabarlarni o‘qish jiddiy oqibatlarga (qo‘rquvga solishi) olib kelishi mumkin. Shu bois, bunday xabarlarni o‘qimaslikka harakat qiling. Agar tasodifan duch kelib qolsangiz, darhol ota-onangiz yoki o‘zingiz ishonadigan kattalarga xabar bering.

 

  • agar siz bunday materiallarni olgan bo‘lsangiz, ularni hech kimga yubormang. Chunki, bunday xabarlarni tarqatish siz hali 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz ham, qonun bo‘yicha javobgarlikka tortilishingizga sabab bo‘lishi mumkin.
  • agar siz shunga o‘xshash materiallarni elektron pochta yoki SMS orqali olgan bo‘lsangiz, xatni o‘chirib tashlang hamda sizga xabar yuborgan pochta manzili yoki telefon raqamini blokirovka qiling.

 

Sizga bunday materialni kim yuborgan bo‘lsa, uni bunday xabarlarni tarqatish noqonuniy ekanligi haqida ogohlantiring va uni blokirovka qiling.

 

  • Asosiy
  • O‘yinlar
  • Ta'lim
  • Media
  • Lokatsiya
  • Bo'limlar
  • Saytga kirish
  • Huquqiy darsxonaKonstitutsiyaDavlat ramzlariXavfsiz bo'lay desangizSizning lug‘atVideogalereyaOlimpiadaYangiliklarQonunchilik hujjatlari va qo‘llanmalarOta-onalar va o'qituvchilar uchunImkoniyati cheklangan shaxslargaZo'ravonlikdan himoyalaningBolalar ta'limiLokatsiya

Tizimga kirish

Quyidagi tizimlar orqali kirish

yoki

Ro‘yxatdan o‘tish

Ro‘yxatdan o‘tishga yordam kerakmi?

+0