ORTGA
INTERNETDAN KOMPYUTER O‘YINLARINI XAVFSIZ YUKLAB OLISH

Qanday qilib internetdan kompyuter o‘yinlarini xavfsiz yuklab olish mumkin?

Agar siz internetdan biror narsani yuklab olishni istasangiz, ushbu oddiy qoidalarga amal qiling:

 

Hech qachon internetda telefon raqamingizni, haqiqiy ismingizni va familiyangizni yozmang. Chunki, bu sayt shaxsiy ma’lumotlaringizdan shaxsiy manfaatlar uchun foydalanmoqchi bo‘lgan firibgarlarga tegishli bo‘lishi mumkin. Shu sababli, iloji boricha laqab yoki taxallusdan foydalanish maqsadga muvofiq.

 

 

Hech qachon ota-onangiz yoki boshqa birovning bank kartasi ma’lumotlarini kiritmang. Boshqa odamlarning kartalaridan foydalanish noqonuniydir va bu sizga muammolar olib kelishi mumkin.

 

 

  • Biror narsani yuklab olishdan oldin uning ishonchli manba ekanligiga ishonch hosil qiling. O‘yinlarni faqat rasmiy manbalardan (masalan, App Store yoki Google Play) yuklab oling.

 

Kompyuteringizda antivirus o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. O‘yinlarda kompyuter yoki planshetingizga zarar yetkazadigan viruslar bo‘lishi mumkin. Antivirus dasturi e-mailga bostirib kirishga harakat qiladigan viruslarni, tizim fayllarini yoki operatsion tizimni faol tekshiradi. Bunda sifatli dastur paketini tanlash, kompaniya nufuzi, dastur xususiyatlarini va kompyuterga mosligini yodda tutish lozim. Masalan, bugungi kunda ESET NOD32, Kasperskiy va Avast Antivirus dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.  

 

  • Asosiy
  • O‘yinlar
  • Ta'lim
  • Media
  • Lokatsiya
  • Bo‘limlar
  • Saytga kirish
  • Huquqiy darsxonaKonstitutsiyaDavlat ramzlariXavfsiz bo'lay desangizSizning lug‘atVideogalereyaOlimpiadaYangiliklarQonunchilik hujjatlari va qo‘llanmalarOta-onalar va o'qituvchilar uchunImkoniyati cheklangan shaxslargaZo'ravonlikdan himoyalaningBolalar ta'limiLokatsiya

Tizimga kirish

Quyidagi tizimlar orqali kirish

yoki

Ro‘yxatdan o‘tish

Ro‘yxatdan o‘tishga yordam kerakmi?

Telegram orqali kirish

Yopish

+0