Pirotexnika vositalaridan foydalanmangBilamizki, respublikamiz hududida pirotexnika vositalaridan foydalanish qonun bilan taqiqlangan. Lekin, turli xil bayramlar, ayniqsa Yangi yil oldidan ko‘pchilik bolalar bayramni pirotexnika vositalari yordamida nishonlashga harakat qiladi. Ushbu vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak.
Biroq, ko‘pchilik yosh avlod vakillari va hatto yoshi kattalar pirotexnika vositalari sog‘lik uchun xavfli ekanligini unutib qo‘ymoqdalar. Muhim tavsiyalar1. Pirotexnika vositalarini odamlar orasiga yubormang. U nafaqat boshqalar, balki tasodifan o‘zingizga ham zarar yetkazishi mumkin. 2. Pirotexnika vositalaridan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda foydalaning. 3. Pirotexnika vositalaridan kattalar nazorati ostida ishlating.
Pirotexnika buyumlaridan tungi vaqtda (soat 23.00 dan 06.00 gacha), ta’lim, tibbiyot muassasalari va madaniya meros obyektlari, portlash va yong‘inga xavfli obyektlar hamda temir yo‘llar hududida foydalanish taqiqlanadi. Unutmang!O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, pirotexnika vositalarini faqat 18 yoshga to‘lgan shaxslarga sotish mumkin.
Pirotexnika vositalaridan foydalanish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1851-moddasiga asosan, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
|