Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini bilasizmi?Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 3-moddasiga asosan, “bolalar mehnatining eng yomon shakllari” atamasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. qullikning barcha shakllari yoki qullikka o‘xshash amaliyot, masalan, bolalarni sotish va ularning traffiki, qarz asosidagi qaramlik va krepostnoy tobelik, shuningdek, zo‘raki yoki majburiy mehnat, shu jumladan, bolalardan qurolli mojarolarda foydalanish uchun ularni zo‘rlab yoki majburlab jalb qilish; 2. fohishabozlik bilan shug‘ullanish, pornografiya mahsulotlari tayyorlash yoki pornografik tomoshalarda ishtirok etish uchun boladan foydalanish, uni yollash yoki uni taklif qilish; 3. qonunga xilof faoliyat bilan shug‘ullanish uchun, xususan, tegishli xalqaro shartnomalarda belgilangani kabi, narkotiklar tayyorlash va sotish uchun boladan foydalanish, uni yollash yoki uni taklif qilish; 4. bajarish xususiyatlari yoki sharoitiga ko‘ra bolalar sog‘lig‘i, xavfsizligi va ma’naviyatiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlar. |