Voyaga yetmaganlar ham ishlash huquqiga egaHar bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turi va kasbini erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.
Ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Bolalarning mehnat faoliyati uning sog‘lig‘iga hamda axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ish turi bo‘lishi lozim. Bunda o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular 15 yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. Davlat 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratilishini kafolatlaydi. |