Qadrli bolalar!Bugungi kunda internetdan foydalanish hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shu bois, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda bir qator xavfsizlik qoidalariga doimo amal qilishingiz lozim. Keling, birgalikda ushbu qoidalar nimalardan iborat ekanligi bilan tanishib chiqamiz: Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qachon oshkor qilmang!Internetda va ijtimoiy tarmoqlarda hech qachon haqiqiy ism, familiya, tug‘ilgan yil, manzil, o‘qish yoki ish joyingizni, shuningdek, ota-onangizning ish joyini yozmang. Bunda taxallus yoki shunchaki foydalanuvchi ismi (username) dan foydalaning. Faqat haqiqiy tanish odamlar bilan suhbatlashing!Messenjerlarda notanish odamlarning xabarlariga javob bermang. Haqiqiy hayotda tanimagan odam sizga qo‘ng‘iroq qilsa yoki SMS yuborsa, zudlik bilan ota-onangiz yoki o‘zingiz ishonadigan katta odamlarga ayting. Davlat 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratilishini kafolatlaydi. Internetdagi tanishlaringiz bilan hech qachon uchrashmang!Internetdagi tanishlaringizni uyingizga taklif qilmang va ularning uyingizga tashrif buyurishiga rozi bo‘lmang. Internetda kimdir sizni uchrashishga undasa, zudlik bilan ota-onangizga yoki boshqa ishonchli odamni xabardor qiling. Siz sir saqlashingiz shart emas!Internetdagi tanishlaringiz sizdan nimanidir sir saqlashni so'rasa va bu siz uchun shubhali bo‘lsa, zudlik bilan ota-onangizga xabar bering. Internetda muloqot qilishda xushmuomala bo‘ling!Internetda muomala qilishda ko‘cha va maktab bilan bir xil muomala madaniyatiga amal qiling. Boshqa foydalanuvchilarni hurmat qiling, haqoratli so‘zlar yozmang va tahdid qilmang. Internetda yozilgan hamma narsaga ishonmang!Afsuski, bugungi kunda internetda juda ko‘p yolg‘on ma’lumotlar bor. Shu bois, hech qachon shubhali havolalarni ochmang. Ular xavfli viruslar orqali nafaqat kompyuteringizni buzishi, balki shaxsiy ma’lumotlarga kirish orqali ota-onangiz bank kartalari hisobidagi barcha pullarni yechib olishi mumkin. Agar qo‘rqsangiz, darhol internetni o‘chiring!Faqat ota-onangiz ruxsat bergan saytlarga kiring va o‘yinlarni o‘ynang. Internetda sizni qo'rqitadigan yoki tashvishlantiradigan narsalarni ko‘rsangiz, darhol ota-onangiz bilan gaplashishni unutmang. |