ARTQA Siziń nátiyjeńiz 0%

Toshkent viloyati Zangiota tumanida kichik hajmli bolalar uyi ochildi

11:21 - 11.09.2025
67

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida navbatdagi kichik hajmli bolalar uyi foydalanishga topshirildi.

Bu mehr maskani yetim va ota-onasining mehridan mahrum bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bor bolalar uchun yaratilgan qulayliklardan biri boʻldi.

Mazkur kichik hajmli bolalar uyi ijtimoiy himoyaga muhtoj har bir bolaning qalbiga yorug‘lik sochuvchi zamonaviy maskan sanaladi.

Unda har bir farzandni milliy va insoniy qadriyatlar asosida, oilaviy muhitda tarbiya topishiga koʻmaklashiladi.

Uydagi bolalar soni o‘n nafardan oshmaydi, bu esa tarbiyachilarga har bir bola uchun alohida e’tibor va mehr ko‘rsatish imkonini beradi.

Chat