Pedagog xodimlarga ipoteka, kredit va kontrakt masalalarida bir qator yengilliklar berilgan bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- 2026-yildan kamida 15 yil stajga ega oliy toifali pedagoglarning ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi davlat hisobidan qoplab berish;
- davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt to‘lovlariga 30 foiz chegirma qo‘llanilishi;
- o‘qituvchilar uchun yangi ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida 10 mln so‘mgacha imtiyozli kredit asosida kompyuter xarid qilish imkoniyati yaratilishi;
- pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovlari ikki baravarga kamaytiriladi.