BOG‘CHA, MAKTABLARDAMashgʻulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, kech qolmasdan bo‘lish zarur. Ustozlar va yoshi kattalarni ko‘rganda doimo salom bering.
![]() MAKTAB MULKIMaktabda parta, stol-stullarga chizmang, doska, oʻsimliklar, hayvonot dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda boʻling. Chunki bular maktab mulki. Sizdan keyin oʻqiydigan uka-singillaringiz ham ulardan foydalanishini hamisha yodda tuting. ![]() DARS VAQTIDAUyali aloqa vositalaridan foydalanmang. Ular faqat vaqtingizni oʻgʻirlaydi. Darsni boy bermang. Kerakli bilimlarni vaqtida oʻzlashtiring.
![]() HURMAT!Dars vaqtida ovqatlanmang, saqich chaynamang. Parta-stul tagiga saqich yopishtirmang. Bu oʻta ketgan odobsizlik, oʻqituvchiga, darsga nisbatan hurmatsizlikdir. ![]() TANAFFUSDAShovqin-suron koʻtarmang. Qoʻngʻiroq chalinishi bilan sinfxonada yugura boshlamang. Tanaffus keyingi dars boshlanguncha o‘z oʻrningizni tartibga keltirib qoʻyish uchun ham ajratilishini unutmang. Toza va ozoda xonada bilim miyangizga tezroq yetib boradi. ![]() OSHXONADAOvqatlanishdan oldin va keyin qoʻllarni yaxshilab yuving. Bu turli infeksiya va kasalliklarninng oldini olishda eng foydali usuldir. Toza qoʻllar virus va mikroblar yuqishiga va ularning keng tarqalishiga yoʻl qoʻymaydi. ![]() OVQATLANISH VAQTIDAShovqin solish, yugurish, oʻyinqaroqlik yaxshi odat emas. Bu baʼzan salbiy oqibatlarni yuzaga keltirib chiqaradi. Masalan, doʻstingiz issiq suyuq ovqat olayotgan boʻlsa, ehtiyotsizligingiz sabab unga yoki oʻzingizga ziyon yetishi mumkin. ![]() KUTUBXONADAJimlikni saqlang. Kitob oʻqiyotgan boshqa oʻquvchilarga xalal bermang. Kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻling. Kitoblarni yirtmang, ularga chizmang. Sizdan keyin oʻqiydiganlar uchun kitoblarni toza holda yetkazing.
![]() NIMALAR MUMKIN EMAS?► Mashgʻulotlar yakunlanmaguncha maktabdan oʻqituvchi ruxsatisiz tashqariga chiqish. ► Mashgʻulotlarga kechikib kelish yoki qatnashmaslik. ► Yozma ish va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida boshqalardan ko‘chirish. ► Boshqalarning tayyorlagan topshiriq va yozma ishlarini oʻz nomidan topshirish.
![]() |