ORTGA
BOLANING OILADA TARBIYALANISH HUQUQI

Bolaning oilada tarbiyalanish huquqi

Jamiyatda bolaning tarbiya topadigan eng asosiy maskani bu uning oilasi hisoblanadi. Har bir bola tugʻilishi bilan oila davrasida tarbiya topadi hamda kamolga yetadi.

 

Tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida oʻta muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, ularning oilada tarbiyalanishga boʻlgan huquqlari kafolati qonun darajasida belgilab quyilgan.

Har bir bola oilada tarbiyalanish huquqiga ega boʻlib, bola oʻzining ota-onasining kimligini bilishi, ularning gʻamxoʻrligidan foydalanishi, ular bilan birga yashashi kafolatlangan. Bola oʻz ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, oʻz manfaatlari taʼminlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.

 

Bolaning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ham taʼminlanishi mumkin. Bunda, bolaning tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan faqat bolaning ota-onasi boʻlmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda amalga oshiriladi.

Shunga koʻra, bolaning oilada tarbiyalanish huquqini amalga oshirishda bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, ularning huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro huquq qoidalariga sodiq boʻlish, milliy maʼnaviy merosni saqlash va rivojlantirish, yuksak vatanparvarlik, soflik va halollik ruhida tarbiyalash, ularni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash ota-onalarning nafaqat konstitutsiyaviy, balki maʼnaviy burchi hamdir.

 

Oiladagi muhit ota-ona oʻz masʼuliyatlarini his qilishi bilan barqaror boʻladi. Bolalarning odobli boʻlib ulgʻayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda oiladagi muhit ibrat maktabi vazifasini bajarib beradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 44-sessiyasida qabul qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 18-moddasida Ishtirokchi-davlatlar bolaning tarbiyasi va rivojlanishi uchun ikkala ota-onaning umumiy va teng mas'uliyat tamoyili tan olinishi uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishlari, shuningdek ota-onalar yoki tegishli hollarda qonuniy vakillar bolaning tarbiyasi va rivojlanishi uchun asosiy javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilgan.

Asos:

“Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 

Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi

Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi Qonuni 

 

 

  • Asosiy
  • O‘yinlar
  • Ta'lim
  • Media
  • Lokatsiya
  • Bo'limlar
  • Saytga kirish
  • Huquqiy darsxonaKonstitutsiyaDavlat ramzlariXavfsiz bo'lay desangizSizning lug‘atVideogalereyaOlimpiadaYangiliklarQonunchilik hujjatlari va qo‘llanmalarOta-onalar va o'qituvchilar uchunImkoniyati cheklangan shaxslargaZo'ravonlikdan himoyalaningBolalar ta'limiLokatsiya

Tizimga kirish

Quyidagi tizimlar orqali kirish

yoki

Ro‘yxatdan o‘tish

Ro‘yxatdan o‘tishga yordam kerakmi?

+0