ORTGA
BOLANING HIMOYAGA BOʻLGAN HUQUQI KAFOLATLARI

Bolaning himoyaga boʻlgan huquqi kafolatlari

Bolaning himoyalanishga boʻlgan huquqlari sud orqali taʼminlanadi. Chunki sud himoyasida boʻlish huquqi inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat boʻlishini taʼminlashda muhim va samarali vosita hisoblanadi.

 

Bolaning himoyaga boʻlgan huquqi kafolatlari konstitutsiyaviy norma sifatida belgilab qoʻyilgan. Bunda, bolaning himoyaga boʻlgan huquqi kafolatlarini taʼminlashning bir nechta oʻziga xos jihatlari mavjud:

Birinchidan,

bolaning himoyaga boʻlgan huquqini taʼminlashning birinchi kafolati bolaning sud orqali himoya qilinishidir.

 

Bunda, har bir bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish, mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Ikkinchidan,

qonunchilikda bolaning himoyaga boʻlgan huquqi kafolatlarini taʼminlovchi shaxslar belgilab quyilgan. Bunda, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.

Uchinchidan,

ayrim holatlarda bolalarning himoyaga boʻlgan huquqlari voyaga yetmagan shaxsning oʻzi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

 

Bunda, 18 yoshga yetguncha qonunga muvofiq toʻla muomalaga layoqatli deb eʼtirof etilgan (emansipatsiya) bola oʻz huquqlarini, shu jumladan himoyaga boʻlgan huquqini mustaqil amalga oshirishi va oʻzining majburiyatlarini mustaqil ravishda bajarishga haqlidir.

Sud himoyasida boʻlish konstitutsiyaviy kafolati, bir tomondan, har bir bolaning tegishli sudga shikoyat qilish huquqini anglatsa, boshqa tomondan, bu shikoyatni koʻrib chiqib, unga qonuniy, adolatli va oshkora qaror qabul qilish majburiyatini anglatadi.

Asos:

“Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 

  • Asosiy
  • O‘yinlar
  • Ta'lim
  • Media
  • Lokatsiya
  • Bo'limlar
  • Saytga kirish
  • Huquqiy darsxonaKonstitutsiyaDavlat ramzlariXavfsiz bo'lay desangizSizning lug‘atVideogalereyaOlimpiadaYangiliklarQonunchilik hujjatlari va qo‘llanmalarOta-onalar va o'qituvchilar uchunImkoniyati cheklangan shaxslargaZo'ravonlikdan himoyalaningBolalar ta'limiLokatsiya

Tizimga kirish

Quyidagi tizimlar orqali kirish

yoki

Ro‘yxatdan o‘tish

Ro‘yxatdan o‘tishga yordam kerakmi?

+0