Yo‘l harakatlaridakatta yoshdagi shaxslar singari bolalar ham yo‘l harakati ishtirokchisi hisoblanadi. Yo‘l harakati qoidalarida voyaga yetgan shaxslardan farqli ravishda, bolalarga nisbatan alohida talablar belgilangan.
Birinchidan, bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo‘lkalaridan olib yurish mumkin. Agar trotuarlar va piyodalar yo‘lkalari bo‘lmasa, yo‘l yoqasidan faqat kunning yorug‘ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi. Ikkinchidan,avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilgan. Uchinchidan,transport vositasining haydovchilariga harakatlanish jarayonida bolalarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish majburiyati yuklatilgan. To‘rtinchidan,“Bolalarni tashish” taniqlik belgilariga ega bo‘lgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda avariya ishorasi yoqilishi kerak. Beshinchidan,maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga o‘xshash bolalar muassasasilariga yaqin yo‘lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolishidan ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishi lozim. Asos:Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori |