Bolaning dam olish va boʻsh vaqtga boʻlgan huquqiBarcha bolalar teng va har taraflama himoyadan foydalanadi, davlatimiz tomonidan ularning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini taʼminlash borasida zarur choralar koʻriladi. Bunda, bolalarning dam olish va boʻsh vaqtga ega boʻlish huquqi ham kafolatlangan. Chunki dam olish huquqi xar bir shaxsga berilgan konstitutsiyaviy huquq hisoblanadi. Bosh Qomusimizda yollanib ishlayotgan barcha fuqarolarning dam olish huquqiga ega ekanligi belgilab quyilgan. Ushbu qoida bolalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Maʼlumot uchun: dam olish vaqti xar bir shaxsning mehnat vazifalarini bajarishdan xoli boʻlgan va bundan shaxs oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanish mumkin boʻlgan vaqtdir. Har bir bola oʻzining yoshi, sogʻligʻi hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va boʻsh vaqtga boʻlgan huquqqa ega.
Bunda, bolalar mehnat (agar mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan boʻlsalar) va oʻqishdan boʻsh vaqtlarida dam olishlari mumkin.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-moddasida ishga qabul qilishga yoʻl qoʻyiladigan eng kichik yosh (oʻn besh yosh) chegarasi belgilangan. Ota-ona yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun zarur turmush sharoitini taʼminlaydi.
Bolalar sogʻlomlashtirish, sport, ijodiy tashkilotlari hamda dam olishni va boʻsh vaqtni uyushtiruvchi boshqa tashkilotlar qonunchilikka muvofiq davlat organlari tomonidan taʼsis etiladi va qoʻllab-quvvatlanadi. Bolaning dam olish va boʻsh vaqtga ega boʻlish huquqining belgilab quyilishi ularning jismoniy va aqliy jihatdan kamol topishiga, eng muhimi, Oʻzbekistonning “ijtimoiy” davlat sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Asos:“Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun |