ORTGA
TEZKOR CHAQIRUV XIZMATLARI

101 – OʻT OʻCHIRISH XIZMATI

Yong‘in sodir bo‘lganda darhol kattalarga xabar bering.

Albatta 101 raqamiga qoʻngʻiroq qiling va oʻt oʻchiruvchilarni chaqiring. 

AVVALO, YONGʻIN CHIQMASLIGI UCHUN

Gugurt chaqib oʻynamang.

Elektr asbob-uskunalarini elektr tokiga birdaniga ulamang.

Yonuvchan buyum va suyuqliklarni olovdan hamda isitish moslamalaridan uzoqda saqlang.

YONG‘IN SODIR BO‘LGANDA

Oʻt oʻchiruvchilarni chaqirmay yongʻin bilan mustaqil kurashmang.

Tarnov quvurlaridan, arqon va boshqa narsalarga osilib tushmang.

Derazadan sakrayman deb tavakkal qilmang. Bu xatarli!

Og‘iz-burningizni tutundan paxta dokali niqob, hoʻllangan latta yoki sochiq bilan himoya qiling.

102 – ICHKI ISHLAR ORGANI

Oʻgʻirlik yoki biror huquqbuzarlik sodir boʻlganiga guvoh boʻlsangiz, darhol 102 raqamiga – ichki ishlar xodimiga xabar bering. 

BU MUHIM!

Agar qarovsiz buyum uy eshigi oldida yoki yoʻlakda turgan boʻlsa, atrofdagilardan kimning buyumi ekanligini soʻrang, egasi topilmasa, darhol ichki ishlar idoralariga yoki 102 raqamiga xabar bering va topilmani koʻrgan vaqtingizni belgilab qoʻying.

E’TIBORLI BO‘LING!

Agar maktab va bog‘cha ichida qarovsiz yotgan buyumni ko‘rib qolsangiz, shu zahoti ma’muriyatga xabar qiling.

103 – TEZ TIBBIY YORDAM

Baxtsiz hodisa, shikastlanish, toʻsatdan ogʻrib qolish hollarida birinchi tibbiy yordamga muhtoj odamni yolgʻiz qoldirmang.

Darhol 103 raqamiga qoʻngʻiroq qiling va manzilni aniq, ravon tushuntiring. 

104 – GAZ XIZMATI

Yonib turgan gaz anjomlarini qarovsiz qoldirish, gaz quvurlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Gaz bilan bogʻliq yongʻin yoki zaharlanishlar sodir boʻlganda quyidagi shoshilinch telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilib yordam soʻrang:

101 – yongʻin xavfsizligi xizmati;

104 – gaz avariya dispetcherlik xizmati;

103 – tez tibbiy yordam xizmati;

1050 – qutqaruv xizmati.

1050 – QUTQARUV XIZMATI

Favqulodda vaziyatlarda, odamlar hayotiga xavf soluvchi holatlar bo‘lganda zudlik bilan 1050 raqamini tering va qutqaruv xizmatini yordamga chaqiring.

  • Bosh sahifa
  • Reyting
  • Omad
  • Bo‘limlar
  • Saytga kirish
  • Huquqiy o‘yinlarHuquqiy darsxonaOta-onalar uchunKonstitutsiyaReytingSizning lug‘atDavlat ramzlariVideogalereya

Tizimga kirish

Ro‘yxatdan o‘tish

Ro'yhatdan o'tishga yordam kerakmi?

+0