14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga vasiylik emas, balki homiylik belgilanadimi?
- Ha
- Yo‘q
O‘zbekiston hududida tug‘ilgan va ota-onasi fuqarosiz shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadimi?
- Ha
- Yo‘q
16 yoshga to‘lgan va mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan voyaga yetmagan shaxs to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya) mumkinmi?
- Ha
- Yo‘q
Maktab ma’muriyati intizomni buzgani uchun o‘quvchini maktabdan butunlay haydashga hamda uning ta’lim olish huquqini bekor qilishga haqlimi?
- Ha
- Yo‘q
14 yoshga to‘lmagan bola o‘zi yaratgan badiiy asari yoki chizgan rasmi bo‘yicha mualliflik huquqiga ega bo‘la oladimi?
- Ha
- Yo‘q
Mehnat kodeksiga muvofiq, 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga har yilgi asosiy uzaytirilgan mehnat ta‘tili kamida 30 kalendar kuni etib belgilanadimi?
- Ha
- Yo‘q
Ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan 18 yoshga to‘lmagan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi uchun mahalliy mehnat organining roziligi shartmi?
- Ha
- Yo‘q
O‘zbekistonda yengil avtomobil boshqarish huquqini va “B”' toifali haydovchilik guvohnomasini 16 yoshdan olish mumkinmi?
- Ha
- Yo‘q
18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni tun vaqtida (soat 22:00 dan 06:00 gacha) ishlashga ularning o‘z roziligi bo‘lsa ham jalb qilish taqiqlanadimi?
- Ha
- Yo‘q
14 yoshga to‘lmagan bolalar tomonidan o‘z cho‘ntak puliga do‘kondan oziq-ovqat sotib olish kabi mayda maishiy bitimlar mustaqil tuzilishi mumkinmi?
- Ha
- Yo‘q