Yulduzchalar soni
02024
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarim6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan kichik yoshdagi bolalar mayda maishiy bitimlar tuzishga huquqi bor.
- Ha
- Yo‘q
Kichik yoshdagi bolalar notarial tasdiqlashni yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni talab qilmaydigan bitimlar tuzishga huquqi bor.
- Ha
- Yo‘q
Kichik yoshdagi bolalar tekin manfaat koʻrishga qaratilgan bitimlar tuza olmaydilar.
- Ha
- Yo‘q
Bolalarga ularning qonuniy vakili tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablagʻlarni tasarruf eta oladilar.
- Ha
- Yo‘q
Bolalar uchun bitimlarni, ularning nomidan ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishlari mumkin emas.
- Ha
- Yo‘q
Kichik yoshdagi bolalarning bitimlari boʻyicha, ularning oʻzlari mulkiy javobgar boʻlmaydilar.
- Ha
- Yo‘q
Bolaning bitimlari boʻyicha, ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiyi, agar ular majburiyatning buzilishida oʻzlarining ayblari yoʻqligini isbotlay olmasalar, mulkiy javobgar boʻladilar.
- Ha
- Yo‘q
14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qoʻyish va ularni tasarruf etishga huquqi mavjud.
- Ha
- Yo‘q
Voyaga yetmagan bolalar oʻz ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf eta olmaydilar.
- Ha
- Yo‘q
Voyaga yetmagan bolalar fan, adabiyot yoki sanʼat asarining, ixtironing yoxud oʻz intellektual faoliyatining natijasi muallifi huquqini amalga oshira oladilar.
- Ha
- Yo‘q
18 yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda boʻladilar.
- Ha
- Yo‘q
Voyaga yetmagan bolalar ish vaqti, taʼtillar va boshqa mehnat shartlarida qonunchilikda belgilangan qoʻshimcha imtiyozlardan foydalanmaydilar.
- Ha
- Yo‘q