ORTGA
Sizning natijangiz 0%

Konstitutsiyaga koʻra, ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolalarni necha yoshga yetgunlariga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar?

  • A

    16 yoshga yetgunga qadar

  • B

    Voyaga yetgunlariga (18 yoshga) qadar

  • C

    14 yoshga yetgunga qadar

Bola huquqlari boʻyicha vakil (Bolalar ombudsmani) lavozimining asosiy vazifasi nimalardan iborat?

  • A

    Bolalarga jazo choralarini qo'llash

  • B

    Bola huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlash va himoya qilish

  • C

    Faqat maktab darsliklarini ishlab chiqish

"Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qaysi yili qabul qilingan?

  • A

    2008-yil 

  • B

    2012-yil 

  • C

    2018-yil

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, yetim bolalar va ota-onalari qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni kim ta’minlaydi?

  • A

    Faqat xalqaro xayriya tashkilotlari 

  • B

    Faqat bolaning qarindoshlari

  • C

    Davlat va jamiyat 

Bola necha yoshdan boshlab oilada o‘z manfaatlariga daxldor har qanday masalani hal qilishda o‘z fikrini ifoda etish huquqiga ega?

  • A

    O‘z fikrini tushuntira olish darajasiga yetgandan boshlab

  • B

    10 yoshdan boshlab 

  • C

    14 yoshdan boshlab

Mamlakatimizda yangi qonunlarni kim (qaysi organ) qabul qiladi?

  • A

    Oliy Sud

  • B

    Oliy Majlis 

  • C

    Adliya vazirligi

O‘zbekiston fuqarolarining tabiatni asrash va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish majburiyati bormi?

  • A

    Yo‘q, bu ixtiyoriy 

  • B

    Ha, bu har bir fuqaroning qonuniy burchidir 

  • C

    Faqat bog‘bonlarning majburiyati

Dunyodagi barcha bolalarning huquqlarini himoya qiluvchi eng asosiy xalqaro hujjat qanday nomlanadi?

  • A

    Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya 

  • B

    “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 

  • C

    Konstitutsiya

O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlarini (bayroq, gerb, madhiya) qasddan tahqirlash qanday oqibatlarga olib keladi?

  • A

    Qonunda belgilangan tartibda jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

  • B

    Faqat ta’lim muassasasi darajasidagi intizomiy jazo bilan cheklaniladi 

  • C

    Hech qanday huquqiy ta’sir chorasiga sabab bo‘lmaydi

O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini, arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilish kimning burchi?

  • A

    Faqat Madaniyat vazirligi huzuridagi inspeksiyaning 

  • B

    Davlat, jamiyat va har bir fuqaroning 

  • C

    Faqat xalqaro YUNESKO tashkilotining