ORTGA
Sizning natijangiz 0%

O'zbekiston Respublikasida eng yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan hujjat qaysi?

  • A

    Qonunlar

  • B

    Konstitutsiya

  • C

    Prezident farmonlari

Bolalar mehnati O'zbekistonda taqiqlanadimi?

  • A

    Ha, bolaning sog'lig'iga va ta'limiga zarar yetkazuvchi shakllari taqiqlanadi 

  • B

    Yo'q, taqiqlanmagan

  • C

    Faqat og'ir ishlarda taqiqlangan

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya necha moddadan iborat?

  • A

    128 ta 

  • B

    155 ta

  • C

    180 ta

Mehnat kodeksiga ko'ra, 18 yoshga to'lmagan shaxslar uchun ish haftasining muddati ko'pi bilan necha soat bo'lishi mumkin (16 dan 18 yoshgacha)?

  • A

    24 soat

  • B

    40 soat 

  • C

    36 soat

O'zbekistonda Inson huquqlari bo'yicha vakil qanday nomlanadi?

  • A

    Advokat 

  • B

    Prokuror

  • C

    Ombudsman

Aybsizlik prezumpsiyasi nima degani?

  • A

    Ayblanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart

  • B

    Aybdorlik isbotlanmaguncha shaxs aybsiz hisoblanadi

  • C

    Faqat prokuror shaxsni aybdor deb e'lon qilishi mumkin

Oila kodeksiga ko'ra, farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchi o'rtasidagi yosh farqi kamida necha yosh bo'lishi kerak?

  • A

    10 yosh 

  • B

    15 yosh 

  • C

    18 yosh

O'zbekistonda shaxsni qamoqqa olishga faqat qaysi organning qarori asosida yo'l qo'yiladi?

  • A

    Ichki ishlar organi 

  • B

    Prokuratura 

  • C

    Sud

Jinoyat kodeksiga ko'ra, qasddan sodir etilgan jinoyat nima?

  • A

    Shaxs o'z qilmishining xavflilik darajasini anglagan va uning oqibatlarini xohlagan holda sodir etishi

  • B

    Shaxs beparvoligi tufayli sodir etgan qilmishi 

  • C

    Shaxs o'z harakatini nazorat qila olmaganda sodir etgan qilmishi

Mehnat kodeksiga ko'ra, bayram kunlari arafasida kundalik ish muddati barcha xodimlar uchun kamida necha soatga qisqartiriladi?

  • A

    30 daqiqaga 

  • B

    1 soatga 

  • C

    2 soatga