ORTGA Sizning natijangiz 0%

Voyaga yetmaganlar qonunchilikda belgilab qoʻyilgan bitimlardan tashqari boshqa bitimlarni kimlarning yozma roziligi bilan tuzadilar?

  • A

    Oʻz ota-onalari

  • B

    Farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining

  • C

    Barcha javoblar toʻgʻri

Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar yoki homiylarning iltimosnomasiga muvofiq qaysi tashkilot tomonidan voyaga yetmaganlar huquqlarini cheklab qoʻyishi mumkin?

  • A

    Sud

  • B

    Prokuratura

  • C

    Notarius

Quyidagi qaysi ishlarda 18 yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi?

  • A

    Yer osti, suv osti, yopiq muhitda bajariladigan ishlarda

  • B

    Xavfli mexanizmlar, asbob va uskunalar bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda

  • C

    Barcha javoblar toʻgʻri

Oʻqishdan boʻsh vaqtlarida ishlayotgan 16 dan 18  yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan oʻquvchilarning oʻquv yili davomidagi ish vaqti haftasiga necha soatdan oshib ketmasligi kerak?

  • A

    36

  • B

    24

  • C

    18

Oʻqishdan boʻsh vaqtlarida ishlayotgan 15 dan 16 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan oʻquvchilarning oʻquv yili davomidagi ish vaqti haftasiga necha soatdan oshib ketmasligi kerak?

  • A

    12

  • B

    24

  • C

    32

18 yoshga toʻlmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq qanday miqdorda toʻlanadi?

  • A

    Kundalik ish vaqti toʻliq boʻlgan xodimlarga beriladigan miqdorda toʻlanadi

  • B

    Kundalik ish vaqti toʻliq boʻlgan xodimlarga beriladigan miqdorning yarmisi toʻlanadi

  • C

    Tomonlarning alohida kelishuviga asosan toʻlanadi

Korxonalarda oʻqishdan boʻsh vaqtida ishlayotgan oʻquvchilarning mehnatiga qanday tartibda haq toʻlanadi.

  • A

    Ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda

  • B

    Ishlab chiqargan mahsulotiga qarab

  • C

    Barcha javoblar toʻgʻri

18 yoshga toʻlmagan xodimlarga kamida necha kalendar kundan iborat yillik taʼtil beriladi?

  • A

    30

  • B

    24

  • C

    35

18 yoshga toʻlmagan xodimlarga yillik taʼtil beriladi va ular bu taʼtildan qaysi vaqtda foydalanishlari mumkin?

  • A

    Yoz vaqtida

  • B

    Yilning oʻzlari uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtida

  • C

    Barcha javoblar toʻgʻri

 18 yoshga toʻlmagan shaxslarni qanday vaqtdagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi?

  • A

    Tungi ishlarga

  • B

    Ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlaridagi ishlarga

  • C

    Barcha javoblar toʻgʻri

18 yoshga toʻlmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda qaysi organning roziligi olinadi?

  • A

    Mahalliy mehnat organining

  • B

    Kasaba uyushmasining

  • C

    Mehnat nizolari komissiyaning

Chat