
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati
Xalqaro maktabToshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 28-uy Xaritadan ko'rish
Ma'lumotlar
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati — Toshkent shahrida yangi tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasi bo‘lib, 2025-yil 15-maydagi PF-86-sonli Prezident Farmoni asosida faoliyat boshlagan. Maktab “Iqtidorli bolalar dasturi” doirasida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatimizdagi iste’dodli yoshlarni yuqori sifatli ta’lim bilan ta’minlashga qaratilgan.
Ta’lim tizimi va boshqaruv:
Maktab IB (International Baccalaureate) dasturi asosida ta’lim beruvchi davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Faoliyati Kuzatuv kengashi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Tashkiliy va moliyaviy boshqaruvni ijrochi direktor, ta’lim-tarbiya jarayonini esa akademik direktor amalga oshiradi.
IB dasturi afzalliklari:
IB – maktabning asosiy ta’lim modeli bo‘lib, bitiruvchilar davlat namunasidagi shahodatnoma bilan bir qatorda xalqaro IB diplomini ham qo‘lga kiritadilar.
Ta’lim variativ rejalar asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari kamida bitta xorijiy tilni o‘rganadilar.
O‘quvchilar imkoniyatlari:
Maktab dunyoning TOP-50 reytingidagi oliy ta’lim muassasalariga tayyorlashga ixtisoslashgan.
Birituvchilar ushbu universitetlarga kamida 50 foiz grant asosida qabul qilinganda, ularning yashash va o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.
Xaritada
Xaritadan ko'rishO'xshash muassasalar

VOSIQ International School
Xalqaro maktabChilonzor tumani, To‘pqayrag‘och ko‘chasi 3A Xaritadan ko'rish

Canadian school of Tashkent
Xalqaro maktab100074, Oʻzbekiston, Toshkent, Mirobod tumani, Fargʻona koʻchasi, 04-uy. Xaritadan ko'rish

Diplomat international school
Xalqaro maktabToshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko'chasi, 1/4-uy Xaritadan ko'rish
Yakubov's International School
Xalqaro maktabToshkent, Mirobod tumani, 9-chi Fayzobod ko'chasi Xaritadan ko'rish