Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimQanday hollarda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni to‘lash to‘xtatiladi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-sonli qaroriga muvofiq quyidagi hollarda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘xtatiladi:
- qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganda;
- ariza beruvchi yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosi tomonidan yashash joyi bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga to‘lov to‘xtatilishini so‘rab ariza berganda;
- oila doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ko‘chib ketganida;
- ma’lumotlar elektron ravishda to‘liq yoki qisman taqdim etilmaganligi sababli, shuningdek, arizani kiritishdagi texnik xatolar oqibatida noto‘g‘ri tayinlanganligi aniqlangan taqdirda;
- “Yagona reyestr” AT orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalarning iqtisodiy ahvoli qayta o‘rganish natijasida oila kam ta’minlangan deb e’tirof etilmaganda;
- bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash to‘g‘risidagi qarorga ta’sir ko‘rsatgan ariza beruvchi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan noto‘g‘ri va ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganligi yoki to‘liq taqdim etilmaganligi aniqlanganda;
- ortiqcha to‘lovlar aniqlanganda to‘xtatiladi. Bunda ortiqcha to‘lovlar kam ta’minlangan oilaga kelgusi oylarda to‘lanishi lozim bo‘lgan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam uchun mablag‘lar hisobidan to‘liq chegirib qolingandan so‘ng to‘lovlar qayta amalga oshiriladi.
To‘lovlarni to‘xtatish (qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugagan holatlar bundan mustasno) “Yagona reyestr” AT orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi va ariza beruvchiga elektron xabar (arizada ko‘rsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga) yuborish orqali bildiriladi.
Ariza beruvchi bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi o‘rtasidagi to‘lovlar to‘xtatilishi yoki miqdori o‘zgarishi yuzasidan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud orqali hal etiladi.