ORTGA Sizning natijangiz 0%

Irodasi baland yoshlarning 5 yillik ijod mahsullari jamoatchilikka taqdim etildi

11:40 - 27.12.2023
1129

#Biz_birgamiz

70 nafar 7-17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning 200 dan oshiq rasmlari ilk marotaba o‘tkazilgan  “Maftunkor ranglar jilosi” ko‘rgazmasi haftaligidan o‘rin oldi.

Haftalik Adliya vazirligi O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni hamda Konstitutsiya kuni munosabati bilan "Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Bugun Toshkent fotosuratlar uyida ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan mazkur ko‘rgazmadan o‘rin olgan suratlar 14 ta hududdan “Maftunkor ranglar jilosi” respublika ko‘rik tanlovining 2019–2023-yillardagi ishtirokchilari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlaridir.

Ushbu ko‘rgazma doirasida homiylardan jami 70 000 000 so‘m pul mablag‘ kelib tushgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan, “Maftunkor ranglar jilosi” respublika rasmlar tanlovining 2019–2023-yilgi (har yili 14 nafardan ishtirokchi qatnashgan) jami 70 nafar ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hozircha 1 000 000 so‘mdan, shuningdek ko‘rgazma davomida qo‘shimcha homiylik mablag‘lari kelib tushadigan bo‘lsa, 70 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlar orasida teng taqsimlanishi rejalashtirilgan.

“Maftunkor ranglar jilosi” rasmlar ko‘rgazmasi 2023-yilning 29-noyabrdan 5-dekabrgacha davom etadi.

Ma'lumot uchun: Adliya vazirligi O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda 2018-yildan boshlab “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasini o‘tkazib kelmoqda.

Chat