Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimTemir yo‘l transportida qaysi toifa bolalar tekin foydalanadi?
O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1006-Qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan temir yo‘l transportidan foydalanayotgan yo‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega:
- yo‘lovchi o‘zi bilan birga besh yoshgacha bo‘lgan bir bolani alohida joy berilmagan holda bepul olib yurish;
- yo‘lovchi bilan birga besh yoshgacha bo‘lgan bittadan ortiq bola ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri bepul olib yuriladi, qolganlariga esa bolalar tarifi bo‘yicha alohida joy berilgan holda yo‘l hujjati rasmiylashtiriladi;
- besh yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalarga ham alohida joy berilgan holda bolalar tarifi bo‘yicha yo‘l hujjati rasmiylashtiriladi;
- bitta to‘liq yo‘l hujjati yoki bolalar tarifi bo‘yicha yo‘l hujjati uchun og‘irligi o‘ttiz olti kilogrammdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yukini o‘zi bilan bepul olib yurishi mumkin.
Shuningdek, o‘ttiz olti kilogramm og‘irlikdan ortiq bo‘lgan qo‘l yuki bagaj vagoniga topshirilishi lozim. Nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining imkoniyati cheklangan guruhlari jumlasidagi yo‘lovchilar o‘zi bilan qo‘shimcha ravishda shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan texnik yordamchi (kompensatorli) vositalarni va maxsus harakatlanish vositalarini bepul olib yurish huquqiga ega.