Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimBolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligi oshiriladi
“Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-201-son, 02.12.2024 y.) qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi;
Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkiblari.
Bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda ro‘yobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va iste’dodini to‘liq namoyon etishiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish ularning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning joylardagi boshqarmalari hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tegishlicha Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya va hududiy komissiyalarning ishchi organi vazifasini bajaradi.