ORTGA Sizning natijangiz 0%

“Maftunkor ranglar jilosi” ilk rasmlar ko'rgazmasiga taklif etamiz!

11:36 - 27.12.2023
271

#Biz_birgamiz

Koʻrgazmaning rasmiy ochilish marosimi Toshkent fotosuratlar uyida 2023-yil 29-noyabr kuni soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

Adliya vazirligi O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" hamda Konstitutsiya kuni munosabati bilan "Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida joriy yilning 29-noyabr 5-dekabr kunlari Toshkent fotosuratlar uyida
“Maftunkor ranglar jilosi” respublika ko‘rik tanlovining 2019-2023- yillardagi ishtirokchilari tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi haftaligi (xayriya aksiyasi) o‘tkazilmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada 70 nafar 7-17 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarni rasmlari o‘rin olgan.

Nogironligi bo'lgan yoshlar tomonidan chizilgan birinchi rasmlar koʻrgazmasining rasmiy ochilish marosimiga barchani taklif etamiz.

Chat