ORTGA Sizning natijangiz 0%

Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari

17:03 - 22.08.2024
326

Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.

Ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo‘l qo‘yiladi.        

Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular 15 yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

Davlat 18 yoshga to‘lmagan ishlovchi shaxslarga ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni ko‘rish orqali bolaning mehnat qilish huquqi ta’minlanishini kafolatlaydi.

 

Chat