ORTGA Sizning natijangiz 0%

Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolganda bolani olish

16:16 - 30.05.2024
945

Bolaning hayoti va sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqlidir. Bolani zudlik bilan olish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan amalga oshiriladi.

Bola olinganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorga xabar berishi, bolani vaqtincha muayyan erga joylashtirishi va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi bolani olish to‘g‘risida hujjat qabul qilganidan keyin etti kun ichida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat etishi shart.

  • Bolalarni tarbiyalash bilan bog‘liq ishlarga doir sudning hal qiluv qarorlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan ijro qilinadi.

Majburiy ijro byurosiga murojaat qilish uchun havolaga o‘ting.

Chat