ORTGA Sizning natijangiz 0%

Britaniya 2026-yil oxirigacha o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqdan foydalanishini taqiqlashi mumkin

12:26 - 11.03.2026
20

Buyuk Britaniya 2026-yil oxirigacha 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashi mumkin. Bu haqd The Times gazetasi xabar bermoqda.

Hukumat 2026-yil yozida maslahatlashuvlar yakunlangandan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni darhol cheklashni va’da qilgan.

Chora 16 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash, telefonlar uchun “komendant soati” joriy qilish yoki cheksiz lenta o‘qish kabi qaram qiluvchi funksiyalarni cheklashni o‘z ichiga olishi mumkin.

Shuningdek, bolalarning chat-botlar bilan muloqotini cheklash va pornografiyaga noqonuniy kirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan virtual xususiy tarmoqlarga (VPN) kirishni bloklash imkoniyati ham ko‘rib chiqiladi.

​Hukumat “Bolalar farovonligi va maktablar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritadi. U vazirlarga — to‘liq parlament yoki yuridik nazoratisiz qonunga o‘zgartirish kirita oladigan “Genrix VIII vakolati”ni beradi.

Manbaning ta’kidlashicha,internetda xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish uchun besh yildan ko‘proq vaqt ketgan. Bunday tuzatish 2026-yildayoq cheklovlarni joriy etish imkonini beradi.

Chat