ORTGA Sizning natijangiz 0%

Farg'onaning Beshariq tumanida kunduzgi parvarish xizmati yo'lga qo'yildi

11:42 - 03.09.2025
102

Farg‘onada nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida 3–18 yoshli nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur xizmat turi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tumanning “Toshariq” mahallasida joylashgan “Orzular qadami” nodavlat ta’lim tashkilotida tashkil etildi. Muassasaning ochilish marosimida mahalliy hokimlik va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi vakillari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Hozirda muassasada 20 nafar nogironligi bo‘lgan bolaga parvarish va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Bolalar yangi hayotiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, jamiyatga moslashish va tengdoshlari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Chat