Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimAvstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishiga cheklov joriy etiladi.
Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishiga cheklov joriy etiladi
Avstraliya hukumatining 2025-yil 10-dekabrdan kuchga kiradigan 2024-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning eng yosh chegarasini belgilash bo‘yicha onlayn xavfsizlikka o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 16 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarda hisob ochishga va mavjud hisoblardan foydalanishga ruxsat bermaslik majburiyati joriy qilinadi.
Ushbu qaror bilan “Onlayn xavfsizlik bo‘yicha” qarorga o‘zgartirish kiritildi. “Yosh bo‘yicha cheklangan ijtimoiy tarmoq platformalari”ga faolligini sug‘urta qilish majburiyati yuklatilgan. Bu platformalar quyidagi shartlardan kamida biriga javob berishi lozim:
- asosiy yoki mo‘ljallangan vazifasi foydalanuvchilar o‘rtasida ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish bo‘lishi;
- foydalanuvchilar bir-biriga bog‘lanishi yoki o‘zaro aloqada bo‘lishi;
- foydalanuvchilar platformada o‘z kontentlarini joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi.
Cheklovlardan quyidagilar mustasno hisoblanadi:
- elektron pochta, ovozli/vidеo qo‘ng‘iroq xizmatiga doir messenjerlar;
- onlayn o‘yinlar;
- asosan mahsulot yoki xizmatlar haqida axborot beruvchi xizmatlar;
- kasbiy tarmoq va rivojlanish xizmatlari;
- ta’lim va sog‘liqni saqlash bo‘yicha xizmatlar.
Misol uchun, Facebook, Instagram, TikTok, Snapchat, X va YouTube kabi platformalar “yosh bo‘yicha cheklangan” ijtimoiy tarmoqlar toifasiga kiradi va ularga qaror talablari tatbiq etiladi.
Platformalar yoshni tekshirishda “oqilona choralar”ni ko‘rganliklarini ko‘rsatishi shart. Jumladan, platformalar yoshni tekshirish va 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar tomonidan hisob ochilishini to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘rishga majbur. Agarda ushbu tartiblar buzilgan taqdirda 49.5–50 million Avstraliya dollorigacha miqdorda moliyaviy jazoga tortilishi mumkin.