ORTGA Sizning natijangiz 0%

Ilk rivojlanish markazlari qaysi toifa bolalar uchun moʻljallangan?

09:56 - 22.07.2025
135

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ilk rivojlanish markazlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Ushbu nizom maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Nizomda bir qancha tushunchalar keltirilgan:

alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalar nogironligi boʻlganidan yoki boʻlmaganidan qatʼi nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida eʼtiboriga muhtoj boʻlgan individual ehtiyojlarga ega bolalar;

Ilk rivojlanish markazlari – davlat tomonidan moliyalashtiriladigan
va boshqariladigan, davlat obyektlarining boʻsh turgan xonalarida maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining muqobil shakli.

Markazlar quyidagi ikkita model asosida faoliyat koʻrsatadi:

1. “Oʻyin guruhi”;

2. Maxsus maktabgacha taʼlim xizmati”.

Maqsad, maktabgacha taʼlimga qamrab olinmagan hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni, birinchi navbatda “Kambagʻal oilalar reestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qamrab oladi.

“Maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeli – pedagoglar tomonidan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oilalarning 2–7 yoshli farzandlari uchun yashash xonadoniga borgan holda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etadi.

yin guruhi” modeli – 3–6 yoshli bolalar uchun Markazlarda tashkil etilgan qisqa muddatli (3,5–4 soat) guruh hisoblanadi.

Markazlar Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni, sogʻlomlashtirishni, korreksion rivojlantirishni taʼminlaydi.

yin guruhi” modelida:

markazlar joylashgan obyektda alohida xonalar tashkil etiladi;

bir kunda ikki smena faoliyat koʻrsatadi;

guruh xonalari bolalarning yosh xususiyatlariga mos rivojlantiruvchi muhitni yaratish maqsadida jihozlanadi;

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan qisqa muddatli guruh shaklida 2530 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun
3,54 soat davom etadi;

jami guruhlarning 50 foizi inklyuziv taʼlim guruhi sifatida tashkil etilishi mumkin;

guruhlar yoshga doir toifalar yoki yoshga doir boʻlmagan toifalar boʻyicha toʻldiriladi hamda guruhlarda kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi.

Maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modelida:

guruh 20 nafargacha tarbiyalanuvchi uchun shakllantiriladi;

har bir pedagogning bir kunda 6 tagacha xonadonga tashrif buyurishi hisobga olinadi;

maxsus pedagoglar (tarbiyachi, defektolog (logoped), psixolog) har bir bola uchun individual taʼlim-tarbiya berish dasturini ishlab chiqadi, bolaning oʻrganishiga va sogʻlom rivojlanishiga yordam beradigan tegishli tadbirlarni amalga oshiradi;

maxsus pyedagoglarning xonadonlarga tashrifi markazlar direktori tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida amalga oshiriladi;

maxsus pedagoglar tashrif buyurgan xonadonlarda 40 daqiqa bolalar bilan taʼlim-tarbiya faoliyatini olib boradi hamda 20 daqiqa ota-onalar bilan farzandlarining rivojlanishidagi muhim jihatlar boʻyicha suhbat oʻtkazadi va maslahatlar beradi;

maxsus pedagoglar tashrif buyurgan xonadonlarda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida hisobot shakllantiradi va tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakil) tomonidan tasdiqlanadi.

Maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeliga tarbiyalanuvchilar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar xulosalari asosida bolaning ota-onasi (qonuniy vakili)ning arizasiga muvofiq qabul qilinadi.

Chat