Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimInternet tahdidlari
Internet tahdidlari
Internet cheksiz axborot olami, “yangi imkoniyatlar olami”dir. Bu yerda siz o‘qish, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va dam olish uchun juda ko‘p qiziqarli va foydali narsalarni topasiz. Siz Internetda muloqot qilishingiz va do‘stlar orttirishingiz mumkin. Ammo internetdan foydalanganda hali juda kichik bo‘lgan bolajonlar o‘zlarini ehtiyotkorlik bilan tutishlari va Internetdagi xatti-harakatlar qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak. Axir virtual olamda yaxshilikdan tashqari yomonlik ham bor. Internetdagi noto‘g‘ri xatti-harakatlar nafaqat sizga, balki oilangiz va do‘stlaringizga ham zarar yetkazishi mumkin.
Internetda begonalar bilan suhbatlashishda va turli saytlardan ehtiyot bo‘ling! Ushbu sahifada to‘plangan qoidalarga rioya qiling va ular haqida do‘stlaringizga gapirib bering!
Oddiy hayotda bo‘lgani kabi Internetda ham yovuz va yomon xulqli odamlar bor. O‘z o‘yin-kulgilari uchun ular sizni xafa qilishlari, haqorat qilishlari mumkin. Bunday odamlar forumlarda va suhbatlarda uchrashishlari mumkin. Zamonaviy dunyoda kiberbullingning murakkab so‘zi odamni haqorat, tajovuz, qo‘rqitishni o‘z ichiga olgan xabarlar bilan ta’qib qilishni anglatadi.
Eng yaxshi himoya - bu oldini olish