ORTGA Sizning natijangiz 0%

Bola maktabga bormasa, ota-onasi jazolanadi…mi?

09:20 - 24.04.2025
176

Bola maktabga bormasa, ota-onasi jazolanadi…mi?

#Bilasizmi?

Albatta! Faqat bu amaliyot Singapurda. 2000-yilda Singapur parlamenti maktab yoshidagi bolalarning ta’lim olishini majburiy deb baholadi. Shundan so‘ng Parlament ota-onalarni farzandlarining maktabda to‘g‘ri qatnashishini ta’minlamasa, javobgarlikka tortuvchi qonunni qabul qildi. Agar bola uyda yoki ixtisoslashtirilgan diniy maktabda o‘qiyotgan bo‘lsa, istisno hisoblanadi.

Singapurdagi ta’lim muassasalarida ko‘pchilik fanlar ingliz tilida o‘qitiladi. Shuningdek, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha ham darslar kuchaytirilgan tartibda bo‘lib o‘tadi.

Singapurning ta’lim siyosati hech bir bola, hatto buning uchun zarur moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lmasa ham, ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lmasligini ta’minlaydi. Shu maqsadda davlat maktablari ham davlat, ham turli xayriya tashkilotlari tomonidan faol ravishda subsidiyalanadi. Kam ta’minlangan oilalarga yordam berish uchun maxsus davlat dasturlari mavjud: Moliyaviy yordam sxemasi (FAS) va Edusave dasturi.

Moddiy yordam jami oylik daromadi 1.500 yoki 1.800 AQSH dollaridan oshmaydigan oilalarga yordam beradi (oilada bolalar soniga qarab). FAS dasturiga mos keladigan talabalar barcha talab qilinadigan o‘quv to‘lovlaridan ozod qilinadilar va milliy imtihonlarni tayyorlashda qisman subsidiyaga ega bo‘ladilar.

Chat