Yulduzchalar soni
02025
0Jami
Yulduzchalarni yig'ish uchun o‘yinlarni o‘ynang va yulduzachalar sonini oshiring!
Mening yulduzlarimYoz – soz o‘tadi!
Yoz – soz o‘tadi!
Ta’tillar boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Bolajonlarning maroqli dam olib, yangi kuch, shijoatga to‘lishi uchun oromgohlar o‘z bag‘riga chorlaydi. Ushbu maqolada aynan shu mavzuni yoritdik, siz aziz bolajonlar va ota-onangiz uchun foydali bo‘lsin deb.
Endi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi. Buning uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.
Bunda mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.
Qaror matni bilan quyidagi havola orqali tanishing: