ORTGA Sizning natijangiz 0%

Germaniyada bolalar huquqlari

09:29 - 23.04.2025
164

Germaniyada bolalar huquqlari

#Bilasizmi?
         Germaniyada 14 millionga yaqin bola yashaydi. Bu umumiy aholining 16%iga to‘g‘ri keladi. Ota-onalar ishlagani uchun bolalar bog‘chalarining soni kundan kunga ortib bormoqda. Germaniyada bog‘chaga qabul qilinish yoshi 1yosh hisoblanadi.

Germaniyada bolalarning huquqlari Konstitutsiya, Fuqarolik Kodeksi, “Bolalar himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunlar va xalqaro shartnomalar bilan himoya qilinadi. Quyida bolalarning asosiy huquq va erkinliklari haqida quyidagi jihatlar keltirilgan:

Shaxsiy daxlsizlik: bolalar zo‘ravonlik, ekspluatatsiya va e’tiborsizlikdan himoyalangan. Ota-onalar farzandlariga jismoniy jazolar bera olmaydi.

Erkin fikr bildirish huquqi: bolalar o‘z fikrlarini bildirishlari va o‘z manfaatlarini himoya qilishlari mumkin.

Maxfiylik huquqi: bolalarning shaxsiy ma’lumotlari himoyalangan, shu jumladan tibbiy va ijtimoiy ma’lumotlari ham.

Ta’lim va rivojlanish huquqlari:

Majburiy ta’lim: Germaniyada 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ta’lim majburiy hisoblanadi.
Ta’limda teng huquqlilik: har qanday bola, fuqaroligidan qat’iy nazar, davlat maktablarida bepul ta’lim olish huquqiga egadir.

Germaniya Konstitutsiyasi – (Grundgesetz) – bolalarning huquqiy maqomini himoya qiladigan asosiy hujjat sanaladi.

Chat